Xitoy bir yilda 21,69 mln tonna mandarin yetishtiradi. Bu dunyodagi eng katta ko’rsatkich. Xitoy 6 yildan buyon yetakchilikni qo’ldan boy bermay kelmoqda.

EastFruit ning xabar berishicha, Xitoy meva eksporti bo’yicha yetakchiga aylanmadi, chunki mamlakatda yetishtirilgan deyarli barcha mandarinlar o’z fuqarolariga sotiladi va hosilning atigi uch foizi eksport qilinadi. Turkiya esa, unchalik boy hosil olmasa ham, (1,45 million tonna) eksport bo’yicha yetakchi davlatga aylandi.

Yevropa Ittifoqida Xitoydan keyingi 2-o'rinda 3,1 mln tonna meva yetishtiriladi. Marokashda — 1,17 mln, Yaponiyada — 873 ming, AQSHda — 875 ming tonna mandarin yetishtiriladi. Keyingi o’rinlarda Janubiy Koreya (620 ming), Janubiy Afrika (370 ming), Argentina (353 ming), Avstraliya (340 ming) turadi.

Mandarin qanchalik ko’p ishlab chiqarilsa shunchalik kam eksport qilinadi. YI da ham mahsulotning atigi 7 foizi eksport qilinadi. Shunda, Avstraliya — 20%, Marokash — 43%, Turkiya — 52%, Janubiy Afrika — 79%, eksport qiladi.