“Safia” tarixi: qanday qilib uyda tayyorlangan pishiriqlar savdosi oʻnlab doʻkonlari boʻlgan biznesga aylandi
Kompaniya hammuassisi — Bekzod Samigʻjanov kichik oilaviy biznesning 31 ta savdo shaxobchasini ochish darajasiga yetgani, nega yetkazib beruvchilar bilan ishlash ogʻriqli nuqta ekanligi va nima sababdan oliy taʼlim muassasalarida qandolat doʻkonlarini ochish zarurligi haqida Spotga gapirib berdi.
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini sotuvga chiqarilishidan oldin maxsus izlanish olib bordi
Loyihada avtomobillarning dizayni, qulayligi va boshqa ko‘plab jihatlarini o‘rganishga qaratilgan maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi.
Makro o’z rastalarida Qozog’iston mahsulotlarini ko’paytiradi
Shuningdek, joriy yilda 20 ta supermarket va 80 ta ekspress bozor ochish rejalashtirilgan.
Dunyoda yuz bergan TOP-10 yangilik
- Telegram IPO o’tkazishga tayyorlanmoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, IPO taxminan 2023-yilda amalga oshirilishi mumkin. Uning aniq sanasi bozor dinamikasiga bog’liq.
- Turkiya iqtisodiyotini tubdan isloh qilishga tayyor emas — Onur Sinan, yurist. Bunga asosiy sabab — mamlakatning G’arb bilan chuqur integratsiyalashganligidadir.
- Huawei elektromobillar va haydovchisiz mashinalar ishlab chiqarish texnologiyalari uchun $1 mlrd investitsiya qilmoqda. Bu kabi loyiha ustida yirik IT-kompaniyalar, jumladan Xiaomi va Baidu ham ishlamoqda.
- Turkiyada gibrid dvigatelli raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Sinov “Delta V” ishtirokida oydagi missiyani amalga oshirish uchun Istambul viloyatining shimoli-sharqida o‘tkazilgan.
- Tesla dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjalarining birida paydo bo‘ldi. Binance kripto-valyuta birjasi Ilon Maskning Tesla kompaniyasi tokenlangan aksiyasida savdolar boshlanganligini e’lon qildi.
- Bitkoinning narxi tarixda ilk marta $62 000 dan oshib ketdi. Mart oyida bitkoin narxi $50 mingga tushib ketgandi. Biroq shundan beri uning narxi deyarli 25 foizga o‘sdi.
- Samsung “Eng kuchli Galaxy” qurilmalarini taqdim etadi. Kompaniyaning Galaxy Book Pro noutbuklari va yangi smartfonlarini ommaga taqdim etilishi kutilyapti.
- “Яндекс” biznes ochish uchun eng ommabop yo’nalishlar ro’yxatini taqdim etdi. Bularning qatoriga kiyim-kechak do’koni, yetkazib berish xizmati, taksi kompaniyalari ochish g’oyalari kiradi.
- “Coca-Cola” qadoqlash dizaynining global yangilanishini namoyish etdi. Ma’lumotlarga ko’ra, “Coca-Cola” 2022-yilga kelib dunyoning barcha mamlakatlarida aynan shunday ko’rinishda bo’ladi.
- Turkiya kriptovalyutalar orqali to’lov qilishni taqiqladi. Turkiya markaziy banki raqamli pul to’lash bo’yicha barcha operatsiyalarni noqonuniy deb e’lon qildi. Shundan so’ng bitkoinning narxi $61 000 ga tushdi.