Tarixda birinchi marta Binance kripto-birjasidagi bitkoin kursi $62 mingdan oshdi. Yakuniga yetgan kun davomida birinchi kripto valyuta 3,4 foizga ko‘tarilib, maksimal ravishda $62,8 mingga yetdi. Bu haqda “РБК” xabar bermoqda.

Aktiv mart oyining o‘rtalarida o‘rnatilgan eng yuqori darajani yangiladi. O‘shanda bitkoinning eng yuqori narxlari $61,8 mingga yetgandi. Bitkoin o‘sishining so‘nggi to‘lqini 25-martda boshlangan, biroq ko‘p o‘tmay uning narxi minimal darajaga tushib, $50 mingni tashkil qilgandi. Shundan beri uning narxi deyarli 25% gacha o‘sib bordi.

Voqealar bunday rivoj olishidan ilgariroq “ARK Invest” kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Keti Vud bitkoin yangi oltin standartga aylanishi va xarid qobiliyatini oshirishi mumkinligini qayd etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq BTCC kripto-birjasining asoschilaridan biri bitkoinning narxi $300 minggacha ko‘tarilishi mumkinligi haqida prognoz qilgandi.