Bitkoinning narxi $300 000 gacha ko’tarilishi mumkin, shundan so’ng uning narxi pasayadi. Bu haqida BTCC kriptobirjasining asoschilaridan biri, sobiq bosh direktor Bobbi Li CNBC’ga bergan intervyusida tahlil qildi. U bunday xulosalarni ushbu kriptovalyuta qiymatining dinamikasini tahlil qilish asosida qilishini tushuntirdi.


Unga ko’ra, bitkoin yozga kelib, $100 000 dan oshib ketishi mumkin va yil oxiriga kelib, u $300 000 ga ko’tarilishi mumkin. Biroq, o’sish bosqichi tugaganidan so’ng, kripto-valyutaning narxi ko’p yillar davomida pasayadi, deya qo’shimcha qildi Li.

So’nggi bir yil ichida Bitkoin deyarli 600%ga qimmatlashdi. 2021-yildagi valyuta qiymati o’zining tarixiy maksimumini bir necha bor yangiladi: mart oyining o’rtalarida bitkoin narxi tarixda birinchi marta $60 000 dollardan oshdi va CoinMarketCap ma’lumotlariga ko’ra ushbu kripto valyutasining kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshdi.