Uzbekistan Airwaysʼning xabar berishicha, 2021-yil 15-iyundan boshlab Moskvaning Domodedovo aeroportida parvozlar qayta tiklanadi.

“Bizning hamkorligimiz yoʻlovchilarga vaqt va parvoz xarajatlarini sezilarli darajada tejash uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi”, — deydi Uzbekistan Airwaysʼning Rossiya Federatsiyasidagi mintaqaviy vakili Akmal Joʻrayev.

Shuningdek xabarda, reyslarni qayta tiklash toʻgʻrisidagi qaror, avvalambor, qulayliklar yaratilishi va Uzbekistan Airways reyslarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish darajasining oshishi bilan bogʻliqligi taʼkidlangan.

Maʼlumot uchun, ilgari parvozlar 2018-yil kuzidan beri Vnukovo aeroportidan amalga oshirilayotgan edi.