Xalq ta’lim vazirligining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida $100 mlnlik loyihani amalga oshirish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur loyiha doirasida maktablarda 7−11-sinflarda STEM yo‘nalishida ta’limini rivojlantirishga qaratilgan.

STEAM — fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklarning amaldagi standartlarini saqlab qolish va takomillashtirish, o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish, maktab binolarini ta’mirlash va ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish yo’nalishi.

Bundan tashqari, loyihada O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha 2020−2022 yillarda mamlakat operatsiyalarining biznes-rejasi (COBP), hukumatning so‘nggi tashabbuslari va xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.