Ilon Mask bitkoinlar ekologik mayning orqali ishlab chiqarilgan holatda Tesla elektromobillar uchun kriptovalyutada to’lovlarni qabul qilishni qayta tiklashi haqida xabar berdi. Bu tvitdan so’ng bitkoin narxi 10 foizga oshib $40 000 ga yaqinlashib qoldi.

“Kelajakda ijobiy tendentsiyaga ega bo’lgan konchilar tomonidan oqilona (~ 50%) toza energiya ishlatilsa, Tesla bitkoinlar bilan ishlashni davom ettiradi”, deb yozgan Tesla asoschisi va bosh direktori Twitterdagi sahifasida.

Hozirga kelib Coindesk kriptovalyuta birjasida bitkoin narxi $39 484 ni tashkil etmoqda.