“Yashnobod” innovatsion texnoparkiga navbatdagi rezidentlar qabul qilindi
Ular orasida kimyoviy mahsulotlar, tibbiyot uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etuvchi kompleks va temir yo’l avtomatizatsiyasi tizimlarini o’rganuvchi korxonalar mavjud.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’atining navbatdagi yig‘ilishida Vazirlik huzuridagi “Yashnobod” innovatsion texnoparkiga yangi rezidentlar qabul qilindi.Unda “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidenti maqomini olish uchun 7 nafar innovatsion loyihalar ko‘rib chiqildi:Ular orasidan 6 tasiga rezidentlik maqomi berildi. Bular:
Ko‘pirtirilgan polipropilen ishlab chiqaruvchi “RHODIUM POLIMER” MCHJ QK,
tuproq ostidan tomchilatib sug‘orish tizimi korxonasi “ECOSUV” MCHJ,
oltingugurtli bitum va oltingugurtli beton ishlab chiqaruvchi “BIXT BT” MCHJ QK,
“Shirana” brendi ostida yuqori texnologik tibbiy uskunalar ishlab chiqaradigan zamonaviy kompleksni tashkil etuvchi “CHIRANAASIA” QK,
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, temir yo‘l avtomatizatsiyasi va telemexanika tizimlarini ishlab chiqaruvchi “Trans Enginering Group” MCHJ,
Saraton kasalliklarida HER2 statusini aniqlash diagnostika usuli korxonasi “TUMOR ON TARGET” MCHJ.
Barcha zarur infratuzilmaga ega ishlab chiqarish va ofis xonalari qurilib, ular texnopark rezidentlariga ijaraga berildi. Hozirda tadbirkorlardan texnopark rezidenti maqomini olish uchun arizalar qabul qilinmoqda.
“Yashnobod” innovatsion texnoparki yuqori texnologiyalarni rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitni yaratish, ilmiy, texnologik va innovatsion tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini ta’minlash, kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish, ichki va tashqi bozorga raqobatbardosh, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.
Soliq qo‘mitasi ayrim tadbirkorlarga kelib tushayotgan pullarni monitoring qilmoqda. Iqtisodchilar esa uning mezonlari, ma’lumotlarning qonuniy olinishi hamda nazoratning huquqiy asoslari bo‘yicha savollarni o‘rtaga tashlamoqda.
Spot bu haqida tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Unga ko‘ra, Murodilla Alimbayev haftasiga bir kunini oilasiga bag‘ishlaydi. Alina Isayeva esa ish sabab hayotdan uzilib qolgan davrlari bo‘lganini esladi. Ramziddin Azizov ish bilan birga tillarni o‘rganishga ham vaqt ajratadi. Bahor France asoschisi Navbahor Boudot esa kuniga 3 soat ishlashi haqida gapirib berdi.
Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi yangi bitimga ko‘ra, Britaniya kompaniyasining ulushi 40% ni, SOCAR va “O‘zbekneftgaz"niki esa 30% dan tashkil etadi.
Ekopolitsiya o‘rganuvida atmosfera havosining ifloslanishi, noqonuniy chiqindi saqlash va oqova suvlarni tashlash bilan bog‘liq qonunbuzilishlar aniqlandi.