Oʻzbekistonda 1-sentyabrdan nimalar oʻzgaradi

Spot 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.


Uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining kamida 15 foizi etib belgilandi

Daromadi yuqori bo‘lmagan oila sifatida qishloqlarda daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,0 baravaridan 6,9 baravarigacha, shaharlarda esa 3,0 baravaridan 8,0 baravarigacha etib belgilandi.



Bitkoin narxi may oyidan buyon birinchi marta $50 000 dan oshdi

Oxirgi bir sutka davomida kriptovalyuta narxi 2,64% ga oshgan.



2-sentyabr kuni Niagara sharsharasi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida yoritiladi

Mazkur voqeani jonli efirda tomosha qilish imkoni mavjud.


1−4-sentyabr kunlari temir yoʻl xizmatidan foydalanishda chegirmalar beriladi

Imtiyozli boʻlgan chiptalarni faqat temiryoʻl kassalarida xarid qilish mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.



Boshqa yangiliklar:

  1. Umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi. 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasi soliqlardan ozod qilinadi.
  2. Iyul oyida Oʻzbekistonga 164 ta elektromobil olib kelingan. Import mashinalarining 99 foizi Xitoyga toʻgʻri keladi.
  3. “Tashabbusli byudjet” loyihasiga eng koʻp taklif ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha kelib tushdi. Fuqarolar joriy yilning 2-sentyabriga qadar oʻzlarini qiziqtirgan takliflarga ovoz berishlari mumkin boʻladi.
  4. PayPal Buyuk Britaniyada kriptovalyuta xizmati ishga tushirilganini eʼlon qildi. Xizmat orqali bitkoin, bitkoin cash, ethereum yoki litecoin-ni atigi 1 funt (taxminan $1,4) komissiya evaziga sotib olish mumkin.
  5. Oʻzbekistonning benzin importi 4 barobarga oshdi. Hududlar kesimida eng koʻp benzin import qilgan Toshkent shahri hisoblanadi.
  6. iPhone 13-ning taxminiy funksiyalari haqida maʼlumot berildi. Kompaniya hali ham Face ID-ga pul tikmoqda.
  7. Toshkentda soxta “KFC"chilar faoliyatiga chek qoʻyildi. KFC mahsulotlariga buyurtma qilish va yetkazib berish uchun noqonuniy saytlar ishlayotgani maʼlum boʻlgan.
  8. Xiaomi kompaniyasi brend nomini oʻzgartiradigan boʻldi. Xiaomi talaffuz qulayligi uchun Gʻarb bozorlarida Mi brendidan foydalangan.
  9. Oʻzbekistonda kambagʻallikning rasmiy chegarasi belgilandi. Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish jarayonida qoʻllanadigan va jon boshiga toʻgʻri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal isteʼmol xarajatlariga tenglashtiriladi.
  10. Samsung yangi dastur uchun 40 ming ishchini yollaydi. Dastur eʼlon qilingandan keyin kompaniya aksiyalari Seul fond birjasida 3,1% ga qimmatlagan.
  11. Namangandagi IT startaplar moliyalashtiriladi. “Biometrik bogʻcha” dasturi Namangandagi 10 ta maktabgacha taʼlim muassasasida va respublikaning har bir viloyatida ham 10 tadan muassasada sinov tariqasida ishga tushiriladi.
  12. Turkiyada mashinalar harakati orqali yuzaga kelgan havo oqimidan energiya olish boshlandi. Loyiha ENLIL nomini qoʻlga kiritgan. Qurilma yirik shoh koʻchalarda oʻrnatilmoqda.
  13. Oʻzbekistonda $6,5 milliardlik yangi elektr quvvatlar ishga tushiriladi. 2030-yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 30% dan ortadi.