The Verge va XDA Developers maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning uchinchi choragidan boshlab kompaniya Mi mahsulotlarini Xiaomi deb oʻzgartiradi.

Mi brendi ostida kompaniya smartfonlar, maishiy texnika va kompyuter ishlab chiqarib kelayotgandi.

Xiaomi talaffuz qulayligi uchun Gʻarb bozorlarida Mi brendidan foydalangan. Endi esa kompaniyaning nomi brend uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan darajada yaxshi maʼlum.

2021-yil avgust oyida Mi Mix liniyasining yangi smartfon Xiaomi Mix 4 nomi ostida chiqarildi. Oldingi telefonlar Mi Mix, Mi Mix 2 va Mi Mix 3 deb nomlangan.

Avvalroq Spot mobil telefonlarning oq importi 2 baravar oshganligi va buning sababi nima ekanligi haqida yozgan edi.