AQShdagi Oʻzbekiston elchixonasining maʼlum qilishicha, Niagara sharsharasi Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligi sharafiga bayrogʻimiz ranglarida yoritiladi.

Bu tadbirni tashkil etish boʻyicha kelishuv Niagara sharsharasi maʼmuriyatining rahbariyati bilan 27-avgust kuni amalga oshirilgan.

Niagara 1-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da, Toshkent vaqti bilan 2-sentyabr soat 7:30 da Oʻzbekiston bayrogʻini aks ettiradi. Mazkur voqeani ushbu havola orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

AQSh va Kanadada yashovchi vatandoshlarimiz ushbu tadbirni saytdagi anketani toʻldirib, toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilishlari mumkin boʻladi.

Niagara sharsharasining Oʻzbekiston bayrogʻi ranglari bilan yoritilishi 15 daqiqa davom etadi.