Oʻzbekistonda kelgusi 5 yilda qiymati $6,5 mlrd boʻlgan 19ta loyiha hisobidan, qoʻshimcha ravishda 11 ming 500 megaVatt yangi quvvatlar ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

“Elektr energiyasini hududlarga yetkazish uchun 500 va 220 kilovoltli 3 ming kilometr yangi elektr tarmoqlari barpo etiladi. Kelgusi besh yilda jami 70 ming kilometr past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 22 ming dona transformator va 100 dan ortiq podstansiyalar toʻliq yangilanadi”, — dedi davlat rahbari.

Hisob-kitoblarga koʻra, 2030-yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 30% dan ortadi.

Avvalroq Spot elektr tarmogʻiga ulash ishlari oʻz vaqtida yakunlanmasa tadbirkorlarga kompensatsiya toʻlanishi haqida yozgan edi.