PayPal toʻlov kompaniyasi 23-avgust kuni Buyuk Britaniyada kriptovalyuta xizmatini ishga tushiradi. Birinchi marta xizmat AQShdan tashqarida taqdim etilmoqda, amerikaliklar oʻtgan yilning oktyabr oyida PayPal orqali raqamli valyutalarni sotib olish, ushlab turish va sotish imkoniyatiga ega boʻlishgani, deya xabar beradi CNBC.

PayPal kripto-xizmati mijozlarga bitkoin, bitkoin cash, ethereum yoki litecoin-ni atigi 1 funt (taxminan $1,4) komissiya evaziga sotib olish yoki sotish imkonini beradi.

Shuningdek, foydalanuvchilar kriptovalyuta narxlarini real vaqt rejimida kuzatib borishi va xizmat yordamida taʼlim mazmunini topishi mumkin. Xizmatning AQShdagi versiyasi singari, PayPal ham Buyuk Britaniyada kriptovalyutalarni sotib olish va sotishda Nyu-Yorkdagi raqamli valyuta kompaniyasi Paxos-ga tayanadi.

PayPal kripto-xizmati Britaniyaning Revolut fintech kompaniyasi xizmatiga oʻxshaydi. Revolut singari, PayPal foydalanuvchilari ham oʻz kripto aktivlarini ilova tashqarisiga koʻchira olmaydi. Toʻlov kompaniyasi oʻz xizmatini ishga tushirish orqali odamlarning kripto bozoriga kirishini osonlashtiradi, deya hisoblanmoqda.

Avvalroq Spot bitkoin narxi may oyidan buyon birinchi marta $50 000 dan oshganligi haqida yozgan edi.