Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, iste’molchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXP yoxud “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi.
Xizmat uchun BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im miqdori 24 300 so‘mni tashkil etadi.
Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat etganda yig‘im undirilmaydi.
Iste’molchi murojaat etgan kundan boshlab 3 ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan taqdirda, tegishli to‘lov summasi iste’molchiga 3 ish kunida qaytarib beriladi.
Ulanadigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr ta’minoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.
Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Mazkur tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.
Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash yagona portal orqali mumkin bo’ladi
Yagona portal orqali murojaat etilganda yig’im miqdori 24 300 so’mni tashkil etadi. Mazkur tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.
Foto: Spot
«Spot»
- 985
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 13:27 Energetika
Banklar taqdim qilayotgan quyosh panellari uchun kreditlar
Mazkur kreditni 15 ta bank orqali 3 yildan 5 yilgacha muddatga olish mumkin bo‘lib, uning yillik foiz stavkasi 20%ni tashkil etadi.
Bugun, 13:15 Investitsiyalar
Toshkent Xitoy kompaniyalari bilan $3,5 mlrdlik investitsiya va eksport shartnomalarini imzoladi
Shundan $2,5 mlrdi renovatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilma loyihalariga yo‘naltiriladi.
Bugun, 12:48 Iqtisodiyot
Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegarasida yangi post ochildi
So‘gment chegara postida talablarga javob beradigan kazarma qurilib, xizmat o‘tash uchun zarur shart-sharoitlar qilingan.
Bugun, 11:23 IT
YouTube tizim aniqlagan SI videolarini majburiy ravishda belgilashni boshlaydi
Tizim avtomatik ravishda raqamli suv belgilarini qo‘shadi. Mustaqil ravishda belgilash funksiyasi ham saqlab qolinadi.
Bugun, 11:03 Iqtisodiyot
Yer osti qudug‘i uchun suv hisoblagichini Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
Qayd etilishicha, inspektor o‘n ish kuni ichida asbobni muhrlab beradi. Ariza onlayn topshirilsa, chegirma taqdim etiladi.
Bugun, 10:47 Energetika
Rossiya O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berishni 3,5 barobarga oshirdi
Yil boshidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlariga propan va butanning umumiy yetkazib berilishi 70% dan ko‘proqqa oshdi.
Kecha, 16:09 Biznes
FCB xalqaro ijodiy agentligining boshqaruvchi hamkori Shoxrux Nizamutdinov tavsiya qilgan 5 ta kitob
U Spotga ish uslubi va fikrlash tarziga katta ta’sir ko‘rsatgan hamda muntazam qayta o‘qib turadigan kitoblar haqida gapirib berdi.
Kecha, 15:22 Soliqlar
1-iyundan mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylarida alkogolni naqd pulga sotishga ruxsat beriladi
Umumiy ovqatlanish uchun ayrim turdagi xodimlarni yollash soddalashtiriladi, soliq tekshiruvlari va audit o‘tkazish cheklanadi.