Oktabr oyida milliy valyutadagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari yana pasayishni boshladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

So‘mdagi omonatlarning o‘rtacha daromadliligi 17,1% ni tashkil etdi. Bu avvalgi oyga nisbatan 0,1 foiz bandga kam. So‘nggi bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 1,9% ga pasaygan.

foiz stavkasi, markaziy bank, oktabr, omonatlar

Bir yilgacha bo‘lgan muddatli omonatlar bo‘yicha stavkalar 15,2% gacha oshdi. Bu sentabr oyiga nisbatan 1% ga ko‘p bo‘lsa-da, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 2,4% ga past. Uzoq muddatli omonatlarning daromadliligi esa 17,7% gacha tushdi. Bu oylik hisobda 0,4% ga, yillik hisobda esa 1,8% ga kamaygan.

Aholi uchun mo‘ljallangan omonatlarning daromadliligi ketma-ket uchinchi oy 18,4% darajasida saqlanib qoldi. Biroq yillik hisobda 2,5% ga pasaygan. Qisqa muddatli depozitlar bo‘yicha stavkalar keskin oshib, 17,4% ga yetdi (+1,8% oy davomida). Uzoq muddatli omonatlar bo‘yicha esa 18,6% gacha pasaydi (-0,2%).

Inflyatsion kutilmalar chegirib tashlanganidan keyingi real daromadlilik stavkasi 8,5% gacha pasaydi. Bu sentabr oyiga nisbatan 0,4% ga kam. Shunga qaramay, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi darajadan 0,3% ga yuqori bo‘lib qolmoqda.

foiz stavkasi, markaziy bank, oktabr, omonatlar

Yuridik shaxslar uchun omonatlar o‘rtacha 15,7% stavkada taklif etilmoqda. Bu avvalgi oyga nisbatan 0,7 foiz bandga ko‘p, biroq o‘tgan yilga nisbatan 1,4% ga kam.

Bir yilgacha bo‘lgan muddatli depozitlar daromadliligi 14,2% ni (+0,9% oy davomida), bir yildan ortiq muddatga joylashtirilgan omonatlarniki esa 16,5% ni (+0,4%) tashkil etdi. Shu bilan birga, har ikkala ko‘rsatkich ham 2025-yil oktabr oyidagi darajadan mos ravishda 2,1 va 1% ga past.

Boshqa tomondan, biznes uchun mo‘ljallangan omonatlarning real daromadlilik stavkasi kutilayotgan inflyatsiyaning pasayishi hisobiga rekord darajaga — 6,6% ga yetdi. Bu sentabr oyiga nisbatan 1,3% ga ko‘p.

foiz stavkasi, markaziy bank, oktabr, omonatlar

Valyutadagi omonatlar segmentida foiz stavkalari sentabr oyidagi pasayishning bir qismini tiklab, 4,9% ga yetdi. Shunga qaramay, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi darajadan 0,2% ga past. Qisqa muddatli hisobvaraqlar bo‘yicha o‘rtacha stavka yana oshib, 3% ni tashkil etdi.

Jismoniy shaxslar uchun taklif etilayotgan valyuta omonatlarining o‘rtacha daromadliligi 5,3% ni tashkil etdi (-0,1% oy davomida). Bunga, asosan, uzoq muddatli omonatlar segmentida stavkalarning 5,6% gacha pasayishi sabab bo‘ldi.

Shu bilan birga, biznes uchun mo‘ljallangan valyuta omonatlari bo‘yicha stavkalar yana keskin oshib, 4,3% ga yetdi. Bu sentabr oyiga nisbatan 1,5% ga yuqori.

foiz stavkasi, markaziy bank, oktabr, omonatlar


Avvalroq Markaziy bank so‘mdagi omonatlar stavkalari bir yilda 2% dan ko‘proqqa pasaygani haqida xabar bergandi.