1-noyabrdan Toshkentdagi bozorlarda yangi tizim joriy etiladi.

Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan shahar hokimligining “Raqamli rivojlanish departamenti” MChJ tomonidan bozorlar va savdo shoxobchalarida asosiy tovarlar bo‘yicha narxlarni monitoring qilish bo‘yicha “Bozor narxi” axborot tizimi ishlab chiqildi.

“Bozor narxi” axborot tizimi joriy yilning 1 noyabridan boshlab, tajriba tariqasida Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida amaliyotga joriy etilishi belgilandi.

Unda 33 turdagi oziq- ovqat mahsulotlarining narxi doimiy yoritib boriladi.

Keyinchalik tizim respublikaning barcha bozorlarida tatbiq etilishi ko’zda tutilgan.