Apple-ning yangi qoidalari kompaniyalarning reklama biznesini tahlikaga solib qoʻydi, deb yozadi Financial Times. Reklamachilar Snap, Facebook, Twitter va YouTubeʼda xarajatlarni qisqartirishdi.
Lotame reklama agentligining maʼlumotlariga koʻra, uchinchi va toʻrtinchi choraklarda toʻrtta texnologik kompaniya daromadlarini 12% ga kamayib, $9,85 mlrd ga tushdi.
Facebook-dan farqli oʻlaroq, Alphabet va Twitter Apple oʻzgarishlaridan kamroq zarar koʻrdi. Twitterda esa reklamadan tushgan daromad uchinchi chorakda 41% ga oʻsdi. Kompaniyaning soʻzlariga koʻra, Apple siyosati daromadga kamroq taʼsir koʻrsatgan, chunki uning reklamalari mobil foydalanuvchi odatlarini kuzatishdan koʻra kontekst va brendga asoslangan.
iOS 15 foydalanuvchilari qurilmani ishga tushirganlaridan soʻng, ilovalar shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish uchun ruxsat soʻrayotganini koʻradilar. Foydalanuvchilarning rad javoblari sabab, kompaniyalarda reklama samaradorligi pasaygan.
Oktyabr oyida Snap uchinchi chorakdagi daromadi Refinitiv tahlilchilarining $1,10 mlrd lik prognoziga nisbatan $1,07 mlrd ni tashkil etgan edi. Kompaniya daromadining kamayishini iOS 14.5ʼdagi maxfiylik oʻzgarishlari bilan izohladi. Snap hisobotidan soʻng Facebook, Twitter va boshqa internet-reklamalardan pul topuvchi kompaniyalar aksiyalari pasayib ketdi.
Google-ning chorakdagi daromadi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 41% ga oʻsib, $65,12 mlrd ni tashkil etdi. Kompaniyaning “koʻrsatkichlari tahlilchilar” prognozlaridan oshib ketdi.