Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Suvmash” AJ ustav kapitalidagi 47,0% aksiyalar paketini muzokaralarga ommaviy taklif etish orqali sotish rejasini eʼlon qildi.
“Suvmash” AJ nasos agregatlari, tegishli uskunalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va taʼmirlashga ixtisoslashgan boʻlib, bozorda 1971-yildan beri oʻz faoliyatini koʻrsatadi.
Kompaniyaning Toshkent shahrida joylashgan, umumiy maydoni 12,8 gektar boʻlgan ishlab chiqarish majmuasi mavjud, ishchilar soni 257 kishini tashkil etadi.
2020-yil yakuni boʻyicha kompaniyaning daromadi 45 mlrd soʻmdan, sof foydasi esa 4,3 mlrd soʻmdan oshdi.
Savdolar uchun majburiy boʻlmagan takliflar koʻrinishida arizalarni topshirishning oxirgi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar davom etadi.
Savdoda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.
Avvalroq Spot Toshkentdagi “Farovon” restorani auksionga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.