“Apelsin” raqamli bankka aylandi

Bankning jismoniy bo’limlari va filiallari bo’lmaydi, ammo mijozlar bilan doimiy aloqa olib boriladi.



1-yanvardan ayrim tadbirkorlarga soliqlarni toʻlashni kechiktirish huquqi beriladi

Soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni toʻlashni kechiktirish taqdim etilmaydi.



Kompaniyalar tarixi: Ikki fizikning Sony korporatsiyasiga asos solishi

Spot Sony kompaniyasiga asos solinish tarixi va muvaffaqiyat yoʻli haqida qiziqarli maʼlumotlarni tayyorladi.



Ijtimoiy tarmoqlarga qoʻyilgan cheklovlar ortidan kimlar lavozimidan chetlatildi

VPN, 5G, cheklov — hammasi avvalroq boshlangan.



Yahoo siyosiy vaziyat sabab Xitoy bozorini tark etadi

Kompaniya foydalanuvchilarning erkin va ochiq internetdan foydalanish huquqlariga sodiq qolishini qo‘shimcha qilgan.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Oʻzbekistonda oktyabr oyida inflyatsiya yillik 10,6% ni tashkil qildi. Oktyabr oyida narxlar va tariflar oshishi boʻyicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli boʻldi.
  2. “Oʻzbekneftgaz” London fond birjasida yevroobligatsiyalar chiqaradi. “Oʻzbekneftgaz” xalqaro obligatsiyalarni chiqarishda mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlarini yoritib berishi shart.
  3. Markaziy bank inflyatsiyaning tezlashib ketish sabablarini ma’lum qildi. Baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, benzin va import qilinadigan isteʼmol tovarlari narxlarning oshishiga asosiy sabab boʻldi.
  4. Telegram reklama postlarni sinovdan oʻtkazdi. Endilikda 1000 kishidan ortiq foydalanuvchisi bor kanal egalari reklama orqali pul topishlari mumkin boʻladi.
  5. Oʻzbekiston aeroportlarida multiportli boshqaruv tizimi joriy etiladi. Shartnoma doirasida AODB aeroportining operatsion bazasini saqlash tizimlari, aviakompaniyalar bilan slot muvofiqlashtirish tizimi va SLOT jadvalini tuzish va FIDS yo’lovchilarini vizual xabardor qilish tizimi sotib olinadi.
  6. Jadval: iOS 15 reklama cheklovlari YouTube, Facebook, Snap va Twitter daromadlariga qanday taʼsir qiladi. Kompaniyalar ikki chorakda deyarli $10 mlrd daromad yoʻqotgan.
  7. Oʻzbekiston xorijga qiymati $250 millionga yaqin yengil avtomobil eksport qilgan. Yengil avtomobillar eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan.
  8. Telegramning soʻnggi yangilanishlariga qanday imkoniyatlar qoʻshilgan. Telegramning yangi versiyasidan tezlashtirilgan medialar, yozishmalar tarixi, navigatsiya, taklifnoma havolalari va va boshqa yangiliklar oʻrin olgan.
  9. IT Park Jizzax shahridagi EIZda korporativ akseleratorni ishga tushirdi. Arizalar qabuli tugagach 6 oy davomida hamkor kompaniyalar tomonidan ishtirokchilarga o’z startplarini rivojlantirishda har tomonlama yordam ko’rsatiladi.
  10. “Toshkent — Riga — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha parvozlar soni oshiriladi. Bir tomonga aviachipta narxi 2 425 539 soʻmdan, bagaj bilan esa 2 798 698 soʻmdan boshlanadi.
  11. Instagram oʻz suratlarini Twitter-da koʻrsatilishiga ruxsat berdi. Ijtimoiy tarmoq 2012-yilda Twitter-dagi suratlarni koʻrish imkoniyatini oʻchirib qoʻygan.
  12. Moliya vazirligi hamkorlikda pensiya botini ishga tushirdi. Bot orqali Pensiya jamgʻarmasiga murojaat yoʻllash imkoni mavjud.
  13. Oʻzbekistondagi toʻlov tashkilotlari soni yana bittaga koʻpaydi. “Multipay” MChJga toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.
  14. Totalizator va bukmeykerlik faoliyatini reklama qiluvchi 10 dan ortiq saytlarga kirish cheklab qoʻyildi. Oʻtkazilgan 385 ta oʻrganishlarda 168 ta holatda totalizator va bukmeykerlik faoliyatini reklama qilish holati aniqlangan.
  15. Durov Telegramda rasmiy reklamalarni oʻchirib qoʻyish funksiyasi haqida eʼlon qildi. “Unchalik qimmat boʻlmagan obuna” evaziga foydalanuvchilar majburiy reklamalarni koʻrmasliklari mumkin.