Amerikaning Yahoo internet-kompaniyasi Xitoydagi faoliyatini toʻxtatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda AP.

“Xitoydagi biznes va qonunchilik sohasidagi vaziyat borgan sari qiyinlashayotgani sababli bundan buyon Yahoo servislari Xitoyda ishlamaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya foydalanuvchilarning erkin va ochiq internetdan foydalanish huquqlariga sodiq qolishini qoʻshimcha qilgan.

Yahoo ilgariroq Xitoydagi faoliyatini cheklagandi. 2015-yilda uning Pekindagi ofisi yopilgan, kompaniyaning Xitoydagi musiqa servisi va Yahoo pochtasi ishi toʻxtatilgandi.