Salvador prezidenti bitkoinlar iqtisodiy oʻsishga yordam berishi mumkinligini aytgan edi. Buning ortidan esa kriptovalyutalar mamlakatda rasmiy pul birligi sifatida tan olingan.

Endilikda Salvador dunyodagi birinchi kriptovalyutali shahar qurish uchun bitkoin-obligatsiyalar chiqarishi haqida ma’lumotlar paydo boʻldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nayib Bukelega tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Shahar Bitkoin Siti deb nomlanadi, u La-Yunion regionida bunyod etiladi.


Rejaga koʻra, shahar vulqondan geotermal energiya oladi, uning aholisi esa qoʻshimcha qiymat soligʻidan boshqa barcha soliqlardan ozod boʻladi.

Bukelening qoʻshimcha qilishicha, Salvador 2022-yilda dastlabki bitkoin-obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirgan.

Ekspertlarning fikricha, kriptovalyutadan foydalanish salvadorliklarga mehnat migrantlarining xorijdan pul oʻtkazishdagi komission xarajatlarida $400 mln gacha tejashlariga imkon beradi.

Avvalroq Spot Nyu-York kriptovalyutalar markaziga aylantirilishi haqida yozgan edi.