E’tibor qarating: quyida keltirilgan barcha ma’lumotlar faqatgina tanishish maqsadida berilgan. Raqamlar individual holatlarda o’zgarishi mumkin.

Avtomobil ijarasi bilan bog’liq biznesni qanday qilib noldan boshlab yo’lga qo’yish mumkin, startapga qancha investitsiya talab etiladi, qanday muammolar bilan yuzma-yuz kelish mumkin — barcha savollarga IN RENT kompaniyasi boshlig’i Shuhrat Mahmudov javob beradi.


G’oya qanday paydo bo’ldi

IN RENT aslida InfinLEASING’ning sho’ba korxonasi hisoblanadi. Bu kompaniya bilan biz lizing bozorida faol ish yurtimoqdamiz. Ish jarayonida bizga ayon bo’ldiki, mijozlar favqulotda mashinaga ehtiyoj sezadigan vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Ular uchun tezkor ijara xizmati zarur edi.

Bundan tashqari, 2018-yilda O‘zbekistondagi avtoulovlarni ijaraga beruvchi kompaniyalarga oddiy yozma shartnoma asosida (notariusda va hokimiyat organlarida ro‘yxatdan o‘tmasdan) qisqa muddatga avtomobil ijarasiga ruxsat berildi. Bu kompaniyaning ishga tushishiga yana bir turtki bo’ldi.

Bor — yo’g’i uch yilning ichida IN RENT ancha o’sdi va tumanlarda ham ham o’z faoliyatini kengaytirdi, Samarqand va Farg’onada filiallarini ochishga erishdi.

Inobatga olish kerakki, bunday biznesni boshlashda hammasiga tayyor turish kerak. Risk xavfi anchayin katta bo’lishi mumkin. Misol uchun, ayrim mijozlar mashinadan qimmat avtoqismlarni olib, o’rniga arzonini o’rnatib qo’yishlari mumkin.

Shuningdek, sug’urta kompaniyalari bilan doimiy tortishuvlarda ish olib boriladi. Ular biz kabi biznes vakillari bilan ishlashni xohlashmaydi. Chunki o’zlarini yuqori xatarga qo’yishni istashmaydi.

Kompaniya parkida oyiga taxminan ikki yoki uchta avtomobil ma’lum darajada zarar ko’radi. Bular asosan bamper, qanot yoki old oynaning shikastlanishi bilan bog’liq. Zarar jiddiyroq bo’lgan holatlar ham mavjud.

O’zimizni xavf-xatarlardan iloji boricha himoya qilish uchun biz sug’urtani oddiy CASCO sug’urtasidan ancha qimmatroq sotib olamiz.

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Bundan tashqari, agar tadbirkor ushbu turdagi biznesni boshlashni rejalashtirayotgan bo’lsa, soliqlar uchun ham kattagina summani to’lashga tayyor bo’lishi kerak. Masalan, 2021-yilning o’zida kompaniyamiz QQS bilan qo’shib hisoblaganda 500 mln so’m soliq to’ladi.

Nimadan boshlash kerak

Birinchi navbatda kompaniyangiz qanday shaklda faoliyat yuritishini aniqlab olish kerak. Biz MCHJ ko’rinishida ro’yxatdan o’tganmiz.

Bunday binzesni yo’lga qo’yish uchun 1 mlrd so’mdan boshlab mablag' talab etiladi. Bu xodimlarning ish haqi, binolar ijarasi va eng ko’p kapital talab qiladigan — avtomobillarni sotib olish, kamida 10 dona. Budjet toifasidagi bitta avtomobil taxminan 75 million so‘mga tushadi.

Biz mahsinalarni lizingga yoki kreditga olamiz. Shuningdek, ijaraga olib, boshqa mijozga qaytadan ijraga beriladigan mashinalarimiz ham mavjud. Bundan biz uncha katta bo’lmagan foyda olamiz. Bu turdagi mashinalar turargohning 10%ini tashkil etadi.

Umuman olganda, minimal boshlang’ich xarajatlar quyidagicha ko’rinadi:

ObyektSumma (so'mda)
Ijara5 500 000 (oyiga)
Avtomobillar750 000 000 dan boshlab
Oylik10 000 000 (oyiga.)
Ish yuritish10 000 000 (oyiga.)
Boshqalar10 000 000 (oyiga.)

Joylashuv va uning sotuvdagi o’rni

Joylashuv bu biznesda juda muhim rol o’ynaydi. Biznes uchun bino tanlash tadbirkor uchun eng mas’uliyatli qarorlardan biridir. Yaxshi ofis joylashuvi biznes muvaffaqiyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.

Chexov ko’chasi (hozirgi Fidokor) yaxshi joy bo’lib chiqdi, chunki u bizning maqsadli auditoriyamiz bo’lgan ko’plab odamlar oqimiga ega shahar markazidir. Ko’pgina distribyutorlar mehmonxonalarda, transport yaxshi bo’lgan hududlarda va aeroportlarda ishlaydi.

Yaxshi joyda ofis ijarasi oyiga o’rtacha 5,5 million so’mni tashkil qiladi va 10 milliongacha ko’tarilishi mumkin. Agar biznes egasi ofisni ijaraga olish imkoniga ega bo’lmasa, 1- 1,5 mln so’m to’lab mehmonxona qabulxonasida stol ijaraga olishi mumkin.

Bu masalada asosiy narsa: mijozlar oqimi va o’z mashinalarini xavfsiz to’xtash imkoniyati. Bizning mashinalarimiz asosan ofis yonidagi yer osti quruq avtoturargohda saqlanadi. Ba’zan biz mashinalarni “vitrinaga”, ya’ni yo’lga qo’yamiz.

Ha, bu odamlarning e’tiborini tortadi, lekin mashina tashqi ta’sirga duchor bo’ladi. Masalan, daraxtlardan novdalar mashina ustiga tushishi mumkin.

Biznesni yurgizish. Bugungi kunda aylantirish oyiga taxminan 15−20 million so‘mni oladi. Biz dastlab reklamaga sarmoya kiritdik, chunki bu biznesda raqamli marketingni olib borish juda muhim. Shuningdek, Toshkent va Farg‘onada bir nechta reklama taxtalarini ijaraga olamiz.

Bizning joyimiz juda aniq, hamma ham bu mahsulotni qidirmaydi. Eng muhimi, biz xizmatni “mazali” qilishga harakat qilamiz va bu o’z samarasini beradi — og’izdan-og'izga tinglovchilarimizga yetib boradi. Facebook va Instagram sahifalari ham qo’ng’iroq kartasi sifatida xizmat qiladi.

Bundan tashqari, biz turli ijtimoiy tadbirlarda ham qatnashamiz.


Samarkand Half Marathon 2019. Kompaniya tadbirning texnik hamkori bo’lgan. Foto: IN RENT

Biznes dinamikasi va to’xtashlar

Dastlabki yil sof foyda ololmadik. Oyliklar vaqtida berilmagan holatlar, ijara puli va reklama bilan bog’liq muammolar ham bo’ldi. Barcha biznesda bo’lgani kabi, bizda ham to’xtashlar bo’ldi.

Yanvar va fevral ob- havo sabab biz uchun “o'lik” mavsum hisoblanadi. Pandemiya ham, ayniqsa, birinchi kuchli karantin vaqtida salbiy ta’sirini o’tkazmay qolmadi.

Boshlanishida bizda 8 dona avtomashina bor edi. Hozirda ularning soni 50 tagacha o’sgan. Avtomobillar bir yilda ikki marta sotib olinadi. Eskilari sotiladi.

Bugungi kunda 10 ta mashina yuqorida aytib ot’ilgan harajatlarni qoplaydi. Qolganlari esa, kreditorlar va qarzlarni qoplashga ketadi. Park oyiga o’rtacha 250−300 mln so’m foyda olib keladi.

Bu biznesdan foyda olishda asosiy e’tibor qaratiladigan jihat bu — kredit miqdorining kamligidadir. Agar biznes egasi parkdagi yarim mashinani o’z hisobidan olgan bo’lsa, uning foyda olish imkoni yuqori bo’ladi.

Agar parkdagi 80% mashina kredit va lizingga olingan bo’lsa, kompaniya birinchi faqatgina qarzdorlik va kredit harajatlarini qoplay olishi mumkin. To’g’ri tuzilgan strategiya orqali keyinchalik foydaga chiqish mumkin.


Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Shart-sharoitlar va ijara narxi

IN RENT parkidagi eng arzon avtomobil — bu Spark (2019). Sutkasi uchun arenda narxi 200 ming so’mni tashkil etadi. Qimmatroq mashinalar qatorida Škoda Kodiaq (2021) bor. Uning ijara narxi sutkasi uchun 1,3 mln so’mni tashkil etadi.

Haydovchi uchun qo’shimcha harajat- bu yoqilg’i quyish bo’lishi mumkin. Qolgan barcha xizmatlar- texnik ko’rik, mashinaning holati bizning zimmamizda.

Mashinani olish uchun depozit mablag’i talab etiladi. Bu oldindan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risk holatlari, jarimalar va boshqa harjatlar uchundir. Bu turdagi depozit 2 mln so’mdan boshlanib, mashina modeliga qarab o’zgarib boradi.

Kompaniyamiz tomonidan talab etiladigan minimal shablon- bu yosh va haydovchilik malakasi. Ma’qul bo’lgan yosh 24 dan yuqori bo’lishi va haydovchilik tajribasi kamida 4 yil bo’lishi kerak. Shuningdek, ijaraga oluvchining tarixi ham ko’rib chiqiladi. Bu orqali biz mashina berayotgan shaxs mas’uliyatli ekanligini tekshiramiz.

Kunlik yurish limiti 300 kmni tashkil etadi. Bizning kilometrimiz shunday hisoblanganki, bunda bitta turist kun davomida Samarqandga borib -kelishda bemalol ushbu kilometrlardan foydalana olsin. Ikki- uch kun davomida belgilangan tarif to’ladi. Bu esa bizning o’ziga xosligimizdir.

Umuman olganda biznesda, mijoz uchun har bir kompaniya alohida maxsus takliflarga ega bo’lishi lozim. Chunki raqobat oshgan sayin, “fishka"larsiz ish yuritish qiyinlashadi.

Agar mashina kelishilgan vaqtda qaytib kelmasa va mijoz aloqaga chiqmasa, biz yana yarim kun kutamiz. Har qanday holatda ham, doimiy monitoring tufayli biz mashina qayerdaligini bilamiz va uning yoniga o’zimiz boramiz.

Mijozlarimizning 70% mahalliy aholi vakillari, qolgani esa hajmi tinimsiz oshib borayotgan chet elliklardir.


Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Raqobat

Bu sohadagi raqobat oshib bormoqda. Boshqa avtoijarachilar bilan biz o’zimizni do’st deb hisoblaymiz. Telegram guruhda biz umumiy muammolarni, qonunchilikdagi yangilik va o’zgartirishlarni muhokama qilamiz.

Shuningdek, guruhda biz har qanday ijara kompaniyalarimizga ishonchsizlikka sabab bo‘lgan mijozlar haqidagi ma’lumotlarni yuboramiz va boshqalarga ular bilan ehtiyot bo‘lishni tavsiya qilamiz. Ushbu sohadagi barcha hamkasblar biz bilan yuzaga keladigan bir xil xavf-xatarlarga duch kelishadi.

Har oyda bir marta huquq-tartibot idoralariga taklif qilishadi. Mijozlar nafaqat yo’lda, balki fuqarolik darajasida ham huquqbuzarlik sodir qilishlari mumkin.

Yaxshi xodimlar — muvaffaqiyat siri

Ijara kompaniyasida xodimlar o’zaro tushunish va o’rin almashinishga asoslangan yagona va ahil jamoaga birlashishlari talab etiladi. Hisobchisi autsorsing asosida yollash mumkin. To’g’ri tuzilgan jamoa- muvaffaqiyat kalitidir.

Hozirda bizda viloyatlardagi menejerlarni hisobga olganda 10 nafar ishchi mavjud. Ish hajmi oshib borayotgani sabab, xodimlar maksimal darajada band. Muammoli vaziyatlarda ular, yillar davomida tajriba orqali yaratilgan qolip (shablon) bo’yicha ish olib boradilar.

Agar, masalan, mashinaning noto’g’ri ishlashi bilan bog’liq muammo osongina bartaraf etilsa, ishchilarning o’zlari ko’rsatilgan joyga boradilar. Aks holda, biz ijarachidan eng yaqin avtoservisni topishni va bizni usta bilan bog’lashni so’raymiz.

Agar mashina bilan bog’liq muammo hal etilmasa, biz uni almashtiramiz, chunki mijozning manfaatlari biz uchun ustuvor hisoblanadi. Mijoz har doim xizmat ko’rsatadigan mashinani boshqarishi kerak.

Rejalar. Qarshi, Namangan, Buxoroda yana yangi 3 ta filial ochish niyatidamiz.