IT Park rezidenti “Step IT Academy” “ITEENS 2022” xakatonini oʻtkazadi. IT Park rezidenti “Step IT Academy” 10 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun dizayn va dasturlash boʻyicha 2-yillik “ITEENS 2022” xakatonini tashkil qiladi.

Xakatondan koʻzlangan maqsad IT-sohasiga iqtidorli yoshlarni jalb etish va amaliy masalalarni yechish orqali innovatsion loyihalar yaratishdan iborat.

Yosh toifalari boʻyicha xakaton yoʻnalishlari quyidagicha:

  • 10−11 yosh — 2D dizayn, 3D modellashtirish, oʻyinlar yaratish, animatsiya;
  • 12−14 yosh — 2D dizayn, 3D modellashtirish, oʻyinlar yaratish, WebDesign, dasturlash;
  • 15−16 yosh — 2D dizayn, 3D modellashtirish, oʻyinlar yaratish, WebDesign, dasturlash.

Har bir yoʻnalish boʻyicha har bir yosh toifasi boʻyicha 15 dan 50 kishigacha qabul qilinadi. Agar yoʻnalishga 15 dan kam odam roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, bu yoʻnalishdagi xakaton oʻtkazilmaydi.

Xakatonda ishtirok etish shartlari:

  1. ishtirokchilar dasturlash yoki dizaynga qiziqishlari kerak;
  2. ishtirokchi oʻz qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yoʻnalishni oʻzi tanlaydi. Bitta ishtirokchi bir nechta intizomlarda qatnasha olmaydi;
  3. ishtirokchilarga berilgan mavzu boʻyicha oʻz gʻoyasini oʻylab topish va amalga oshirish uchun 2 kun vaqt beriladi;
  4. Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan 10 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan barcha ishtirok etishi mumkin;
  5. tanlovning barcha ishtirokchilari topshiriqlarni bajarish uchun barcha kerakli dasturlar bilan shaxsiy kompyuter/noutbukka ega boʻlishi kerak.

Xakatonning sovrin jamgʻarmasi 17 500 000 soʻmni tashkil qiladi. Roʻyxatdan oʻtish 10-mart soat 18:00 gacha davom etadi. Xakaton 16-mart kuni boshlanadi.

Xakatonda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.