Payshanba kungi savdo sessiyasi natijasida AQShning asosiy indekslari plyusda yopildi, deya yozmoqda RBK.

Birjalar boʻyicha dinamika va koʻrsatkichlar:

  • Dow Jones sanoat indeksi — +0,28% (33 223,84 punktigacha);
  • S&P 500 — +1,50% (4288,69 punktigacha);
  • NASDAQ Composite — +3,34% (13 473,59 punktigacha).

Mutaxassislar yuzaga kelgan ijobiy tendensiyani bir kun avval AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi eʼlon qilingan iqtisodiy sanksiyalarning yangi paketi bilan bogʻlashmoqda.

Bundan tashqari, Yaponiya va Tayvan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan cheklovlar joriy etish qarorini eʼlon qildi.

“Biz Rossiya fuqarolariga vizalar berilishini muzlatib qoʻyamiz, moliya institutlari aktivlarini muzlatamiz va harbiy soha bilan bogʻliq tashkilotlarga tovarlar eksportini cheklaymiz”, — dedi Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida.

Natijada, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi indekslari asosan yuqoriga koʻtarildi:

  • Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi 1,86% ga oshib, 26 453,50 punktgacha oshdi;
  • Topix 1% ga koʻtarilib, 1876,24 punktgacha koʻtarildi;
  • Gonkongning Hang Seng indeksi 0,54% ga tushib, 22 776,50 punktgacha tushdi.

Neft biroz arzonlashdi va $90 dan yuqoriligicha qolmoqda. Ertalabki kotirovkalarga koʻra, Brent uchun may fyucherslari bir barrel uchun $97,44, WTI aprel fyucherslari bir barrel uchun $94,56 ni tashkil etmoqda. Bir kun avval bir barrel neft narxi 2014-yildan beri birinchi marta $100 chegarasidan oʻtdi.