10−11-may kunlari, Xorazm yoshlari uchun IT Park Xorazm filiali, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xorazm viloyati Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan — IDEATHON g’oyalar tanlovi o’tkaziladi.

Tanlov doirasida ishtirokchilar 2 kun ichida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha raqamli mahsulot g‘oyasini ishlab chiqishlari kerak:

  • sun’iy intellekt;
  • tibbiyot;
  • qishloq xo’jaligi;
  • ta’lim;
  • ijtimoiy himoya;
  • aholi bandligi.

️Ideatonda ishtirok etish individual tartibda. Vaqt va sana: 10−11-may. Manzil: IT-Park Xorazm filiali

️Tanlovda ishtirok etish uchun 7-maygacharo’yxatdan o’tish lozim.

Batafsil ma’lumot uchun: + 998 97 458 74 55