Mart oyida isteʼmolchilar tomonidan yig‘ilgan jami keshbek summasidan 23-aprel holatiga 22,7 mlrd so‘m to‘lab berildi. Fevral oyi uchun bu ko’rsatgich 20,9 mlrd so’mni tashkil qilgan.

Shuningdek, sotuvchilar tomonidan 1080 ta xarid cheki bekor qilinganligi sababli 260 mln so‘m keshbek to‘lanmaydi.

️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

  • soliq hisobotlari topshirilish;
  • hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
  • soliq qarzdorligi kamayishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

Mavzuga doir: Yoʻriqnoma: QR-kod orqali qanday qilib keshbekka ega boʻlish mumkin. Spot Qr-kod bilan bog’liq yo’lga qo’yilgan yangi xizmatdan foydalanish to’g’risidagi ko’rsatmani tayyorladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1% keshbek qaytarilmoqda.