IT Park O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, hamda, O‘zbekiston Kibersport Assotsiatsiyasi ko‘magida FRAG.GG kibersport portali bilan birgalikda CS:GO va DOTA 2 yo‘nalishlari bo‘yicha SHHTʼga aʼzo-davlatlar talabalari oʻrtasida SCO STUDENTS CUP chempionatinio‘tkazadi.

Shu munosabat bilan barcha talabalar O‘zbekistonning malaka ochilishiga — SCO STUDENTS CUP: UZBEKISTAN QUALIFICATIONʼga taklif etiladilar.

Musobaqa yordamida kelgusi xalqaro turnirda Oʻzbekiston sharafini kim himoya qilishi ma’lum boʻladi.

G‘oliblar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qiluvchi xalqaro turnirning final bosqichiga yo‘l oladilar

Oʻzbekistondagi eng yirik turnirga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.