Rossiyalik milliarderga tegishli “Chelsi” klubi amerikalik qoʻliga oʻtmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmatiga tayanib, “Championat.Asia” xabar berdi.

“Chelsi” klub aksiyalarini amerikalik tadbirkor Todd Boeliga sotish shartlarini kelishib olgan haqida bayonot berdi.

“Chelsi” futbol klubi Todd Boeli, “Clearlake Capital”, Mark Uolter va Xansyorg Viss boshchiligidagi guruh tomonidan klubni sotish shartlarini kelishilganini tasdiqlaydi.Jami sarmoyadan 2,9 mlrd yevro klub aksiyalarini sotib olishga sarflanadi. Bundan tashqari, yangi xoʻjayinlar klub manfaati uchun qoʻshimcha 2 mlrd yevro sarmoya kiritadilar. Bunga, “Stemford Brij”, akademiya, ayollar jamoasi va “Kingsmedou” (ayollar jamoasi stadioni), shuningdek, “Chelsi” fondini qoʻshimcha moliyalashtirish kiradi", deyiladi klub xabarida.

Sotish jarayoni may oyining oxirlarida yakunlanishi kutilmoqda. Ayrim manbalarda keltirilishicha, Abramovich sotuvdan tushgan pulning yarmidan koʻpini xayriya uchun yoʻnaltirmoqchi.