Coinmarketcap maʼlumotlariga koʻra, 12-may kuni bitkoin kursi $28 000 dan pastga tushdi.

Toshkent vaqti bilan soat 14:55da bitkoin uchun taxminan $27 800 taklif qilinmoqda. Bir kun avval token narxi $31 600 ni tashkil qilgan va hatto $32 000 ga yaqinlashgan edi. Oʻtgan kun davomida bitkoin narxi 12% dan koʻproqqa tushdi.

Kunlik eng past koʻrsatkich Toshkentda tushga yaqin kuzatildi, oʻshanda token $26 350 ga baholangan edi, bu yuqori koʻrsatkichdan 18% ga past va bir hafta avvalgi darajaning taxminan uchdan bir qismidir.

Bunday narxlar 2020-yil oxiridan beri kuzatilmagan va oʻsha paytda raqamli valyuta kursi keskin oʻsish tendensiyasini koʻrsatdi. Rekord stavkadan keyin olti oy davomida dunyodagi kapitallashuv boʻyicha birinchi kriptovalyuta deyarli 2,5 barobarga arzonlashdi.

Kripto bozori umuman pasaymoqda — masalan, Ethereum bir kunda oʻz qiymatining 22%ini yoʻqotdi va hozirda $1900 atrofidani tashkil qilmoqda. Boshqa tokenlar yanada qattiqroq zarbaga uchradi: XRP 27% ga, Dogecoin 29% ga, Solana 35% ga arzonlashdi.

RBC taʼkidlashicha, kripto-aktivlar va fond bozorlarining qulashi AQShda inflyatsiya maʼlumotlari eʼlon qilinganidan keyin tezlashdi. Aprel oyida u 8,3% ni tashkil etdi va mart oyidagi soʻnggi oʻn yilliklardagi rekord darajaga nisbatan bir oz pasaydi.