“Maroqand neft bazasi"ning 2 ta filialida 73,7 mlrd so‘mlik talon-taroj va kamomad aniqlandi, xabar bermoqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bulung‘ur filialida jami 22,1 mlrd so‘mlik 2,6 ming tonna neft mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yilganligi va katta miqdorda talon-taroj qilinganligi holati aniqlandi, jumladan:

  • Ai-80 avtobenzinidan 18,3 mlrd so‘mlik 2 382 tonna;
  • EKO markali dizel yoqilg‘isidan 705 mln so‘mlik 44 tonna;
  • TDL-05 markali dizel yonilg‘isidan 1,7 mlrd so‘mlik 111 tonna;
  • TD-K5 yevro markali dizel yoqilg‘isidan 1,3 mlrd so‘mlik 75 tonna.

Jomboy filialida esa jami 51,6 mlrd so‘mlik 4441 tonna neft mahsulotlari kamomadi aniqlandi. Jumladan, Ai-80 avtobenzinidan 18 mlrd so‘m, Yevro K-5 dizel yonilg‘isi 81 mln, dizel va EKO dizel yonilg‘isidan mos ravishda 1,5 mlrd va 3,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi.

Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti va boshqa tegishli departament mutaxassislari tomonidan inventarizatsiya davom ettirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” 2021-yil 20-sentabrda “Maroqand neft bazasi"da xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan jami 11 nafar mas’ul mansabdor shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganini eslatib o‘tdi.