Germaniyaning Quyi Saksoniya shtatida ham toʻliq vodorod poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu haqda “CNN” xabar berdi.

24-avgust kuni marshrutga beshta “Coradia iLint” poyezdi kirdi, yil oxiriga kelib ularning soni 14 taga yetib, dizel poyezdlari to‘liq almashtiriladi.

Hozirda Germaniya temir yo‘llarida jami 4000 ta dizel poyezdlari xizmat ko‘rsatmoqda.

Vodorod poyezdlarining asosiy afzalligi shundaki, ular zararli chiqindilar chiqarmaydi. Bundan tashqari, 1 kg vodorod yoqilg‘isi 4,5 kg dizel o‘rnini bosadi.

Alstom” kompaniyasining “Coradia iLint” poyezdlari past shovqinga ega. Maksimal tezlik 140 km/soat.

Shartnoma “LVNG” davlat transport kompaniyasi va “Alstom” kompaniyalari o‘rtasida tuzildi.

Bitim qiymati 93 mln yevro bo‘lib, u vodorod quyish stansiyasini qurishni o‘z ichiga oladi.

Mazkur vodorod poyezdlar allaqachon Avstriya, Niderlandiya, Shvetsiya va Polshada sinovdan o‘tgan.


Avvalroq “Spot” Rossiyaning “Motorinvest” kompaniyasi elektromobil yig‘ishni boshlagani haqida yozgandi.