Samarqandda o‘tkazilayotgan “ICT WEEK” forumida “Yagona umumrespublika protsessing markazi” (UZCARD) “Uzcard Pay” kontaktsiz to‘lovlar uchun yangi mobil ilovani taqdim etdi.

Uzcard Pay” smartfon yordamida xizmatlar va tovarlar uchun kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Unga 8600 klassik, NFC qo‘llab-quvvatlanadigan yangi namunadagi 5614 dual kartalarini, shuningdek, barcha kobeyjing kartalarni qo‘shish mumkin.

“Spot” ilovaning qanday ishlashi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyaning hamkorlar bilan ishlashish bo‘limi boshlig‘i Diyora Zokirova bilan suhbatlashdi.

Uning ta’kidlashicha “Uzcard Pay” orqali birikirilgan kartalar bilan barcha “UZCARD” uskunalarida foydalanish mumkin.

Ilovadan foydalanish uchun unga kartalarni biriktirish kerak bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta kartalarni ulab qo‘yish mumkin.

Bunda SMS-xabar berish xizmati bitta telefon raqamga ulangan bo‘lishi kerak.

To‘lov uchun asosiy karta ma’lumotlari birinchi bo‘lib kiritilgan karta bo‘lib qoladi, sozlamalar orqali asosiy kartani o‘zgartirish mumkin.

U qanday ishlaydi

Kartalarni biriktirgach xaridlar uchun to‘lov amalga oshirishda, shuningdek, avtobus va metroda ham kartadan foydalanish shart emas. Telefonni uskunaga biriktirish orqali avtomatik to‘lov amalga oshiriladi.

Bankomatlarda ham xuddi shunday jarayon amalga oshiriladi. Agar bankomnatlarda NFC belgisi mavjud bo‘lsa, demak mazkur bankomatdan pul yechib olish uchun ilova orqali telefonni tekkizga avtomatik pul chiqariladi.

Ilovaning asosiy afzalliklaridan biri esa xavfsizlikdir. “Uzcard Pay” orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning himoyasi xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiq ta’minlanadi.

To‘lov vaqtida maxfiy karta ma’lumotlari o‘tkazilmaydi, lekin ularning maxsus depersonalizatsiyalangan ekvivalenti (token) ishlatiladi. Token firibgarlar tomonidan ushlangan taqdirda ham, uning yordamida to‘lovni amalga oshirish mumkin emas.

“Boshqa pullik agregatorlarga nisbatan ilovada o‘zingiz bilan QR-kodni generatsiya qilinmaydi. Ilovaga karta biriktirilsa, unga kirmasdan ham foydalanish mumkin. Odatda qurilmada QR generatsiya qilinsa, tadbirkorda ham QRni skaner qiladigan uskuna bo‘lishi kerak. Bu ilova tadbirkorlar ishini yanada yengillashtiradi. Bank terminallarining ham ko‘pchiligi NFCni qo‘llab-quvvatlaydi.”, — deydi Diyora Zokirova.

Qanday yuklab olish mumkin. Ilova Android 6.0 yoki undan yuqori versiyadagi qurilmalarda mavjud bo‘ladi.

“Apple” kompaniyasining “Apple Pay"dan boshqa uchinchi tomon ilovalari tizimiga ruxsat bermaslik siyosati tufayli ilova iOS uchun tatbiq etilmaydi.

Tez orada ilovani bu yerdan yuklab olish mumkin bo‘ladi. Kompaniya vakili bir hafta ichida ilova “Google Play“ga joylanishini qo‘shimcha qildi.