Joriy yilning 27-noyabr kuni o‘tkaziladigan “ICPC” dasturlash chempionatining mintaqaviy bosqichiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

International Collegiate Programming Contest” algoritmik dasturlash bo‘yicha xalqaro chempionat hisoblanadi.

Chempionatda “ICPC” reglamentiga muvofiq faqat OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Shuningdek, g‘olib bo‘lganlar keyingi bosqichga yo‘llanma olishlari belgilangan.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq “Spot” Surxondaryoda o‘tkaziladigan “Hackathon”, Qashqadaryoda o‘tkaziladigan “Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovlariga hamda Buxorodagi hunarmand ayollar uchun IT bo‘yicha bepul kursga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar bergandi.