Joriy yilning 28−29 noyabr kunlari Surxondaryoda o‘tkaziladigan IT bo‘yicha “Hackathon” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda 14−31 yosh oralig‘idagi yoshlar yakka yoki jamoaviy ishtirok etish mumkin.

Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi:

  • hududning investitsion jozibadorligini aks ettirgan loyihalar;
  • ijtimoiy sohadagi loyihalar;
  • hududning turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar;
  • raqamli iqtisodiyot yo‘nalishidagi dasturiy ta’minot;
  • eng samarali innovatsion loyihalar.

Tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari bilan bu yerda tanishish mumkin.

“Hackathon"da ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Arizalarni qabul qilish joriy yilning 25-noyabriga qadar davom etadi.

Tanlov g‘oliblarini quyidagicha pul mukofoti bilan taqdirlash belgilangan:

  • 1-o‘rin — 45 mln so‘m;
  • 2-o‘rin — 20 mln so‘m;
  • 3-o‘rin — 15 mln so‘m.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Shuningdek, hozir Qashqadaryoda o‘tkaziladigan “Istiqbolli IT-loyihalar” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Buxorodagi hunarmand ayollar uchun esa IT bo‘yicha bepul kurslarga qabul davom etmoqda.