Yaponiyaning davlat tashkiloti, Yaponiya Tashqi Savdoni Rivojlantirish Tashkiloti (JETRO), 22−25 sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasida Yaponiya pavilonini tashkil etadi.
Yaponiya pavilonida O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan 8 ta yapon kompaniyasi ishtirok etadi. Ular raqamli infratuzilma, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari, tabiiy ofatlarning oldini olish va ta’lim kabi turli yo‘nalishlarda hamkorlik takliflarini taqdim etadilar. Shuningdek, 22-sentabr kuni ko‘rgazma maydonida maxsus seminar o‘tkazilib, unda kompaniyalar o‘z yechimlari va hamkorlik qilishni istaydigan tashkilotlar haqida ma’lumot beradilar.
Quyida ushbu kompaniyalar taklif etayotgan yechimlar va hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishish mumkin.
Sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari. Avvalo, kosmik texnologiyalar sohasidagi kompaniyalar haqida. ArkEdge Space kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh texnologiyalaridan foydalangan holda monitoring xizmatlarini taklif etadi. Masalan, O‘zbekistonda havo ifloslanishi va suv sifati monitoringi, muzliklar va suv toshqini xavflarini kuzatish, foydali qazilmalarni qidirish va konlarni monitoring qilish imkoniyatlari mavjud. Ushbu yechim kosmik agentliklar, ekologiya tashkilotlari hamda tog‘-kon va resurslarni rivojlantirish kompaniyalari uchun ayniqsa qiziqarli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga chiqishi jarayonida IoT uskunalari ishlab chiqaruvchilari uchun ham hamkorlik imkoniyatlari mavjud.
Synspective o‘ziga tegishli bo‘lgan o‘nta sun’iy yo‘ldoshdan iborat guruh orqali sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini to‘playdi va tahlil qiladi. O‘zbekistonda kompaniya tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni boshqarish maqsadida yer yuzasini monitoring qilish, shuningdek, qurilish va muhandislik loyihalari hamda suv resurslarini boshqarish va monitoring qilish bo‘yicha yechimlarni taklif etadi.
Kompaniya bilan hamkorlik imkoniyatlari nafaqat kosmik soha tashkilotlari, balki favqulodda vaziyatlar va ofatlarni boshqarish idoralari, infratuzilma va fuqarolik qurilishi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, shuningdek suv resurslarini boshqarish organlari uchun ham katta qiziqish uyg‘otadi.
Infratuzilma. IT infratuzilmasining ilg‘or yechimlarini kashf etish mumkin. Yaponiyaning eng taniqli va nufuzli internet kompaniyalaridan biri bo‘lgan Internet Initiative Japan (IIJ) AI’ga moslashtirilgan zamonaviy Edge Data Center va Micro Data Center yechimlarini taqdim etadi. Bu texnologiyalar sun’iy intellekt infratuzilmasini barpo etayotgan va rivojlantirayotgan korxonalar uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonda allaqachon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, o‘zining ishonchliligi, tajribasi va kuchli obro‘sini amalda namoyon etib kelmoqda.
Infratuzilma sohasida ITO Corporation kompaniyasiga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Gaz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi ushbu kompaniya zaxira energiya ta’minoti yechimlarini taklif etadi. Gaz generatorlaridan foydalanish orqali kichik hajmdagi ma’lumotlar markazlari (data-markazlar) uchun favqulodda elektr ta’minotini ta’minlash mumkin. Elektr ta’minotining uzluksizligi muhim bo‘lgan data-markazlar va yirik IT-serverlarga ega korxonalar uchun ITO Corporation texnologiyalari barqaror va ishonchli faoliyatni ta’minlashda muhim yechim bo‘lishi mumkin.

Yaponiya pavilonida ko‘plab biznes uchrashuvlari va muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu borada Muroo Systems kompaniyasining yechimlari ham alohida e’tiborga loyiq.
Kompaniya tizimlarni ishlab chiqish bilan ham shug‘ullanadi, biroq ICT Week doirasida tog‘li hududlar uchun mo‘ljallangan tosh ko‘chishining oldini oluvchi himoya tarmoqlarini namoyish etadi. Kelajakda vibratsiya sensorlari va aloqa funksiyalarini qo‘shib, tosh ko‘chishini aniqlash hamda xavfli hududlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilgan. Bu esa raqamli ofatlarning oldini olish tizimlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Favqulodda vaziyatlar, yo‘l va transport infratuzilmasi bilan bog‘liq tashkilotlar ushbu g‘oyalar bilan yaqindan tanishishlari tavsiya etiladi.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va ta’lim. Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida WIT (World Innovation Technology) restoranlar va chakana savdo tarmoqlari uchun do‘konlar hamda bosh ofisni yagona tizimda boshqarish yechimlarini taklif etadi.
O‘z tarmoqlarini kengaytirayotgan va sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini joriy etishni maqsad qilgan O‘zbekistonning chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasi korxonalari uchun bu yangi axborot tizimlarini ko‘rib chiqish va tanlash uchun yaxshi imkoniyatdir.
Bundan tashqari, kompaniya O‘zbekistondagi korxonalar bilan dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikka alohida ahamiyat qaratadi. Shu sababli, hamkorlikdan manfaatdor IT-kompaniyalar uchun ham WIT muhim va istiqbolli biznes hamkorga aylanishi mumkin.
Ta’lim yo‘nalishida Artec kompaniyasi ishtirok etadi. Kompaniya STEAM va dasturlash ta’limi bo‘yicha yechimlarni taklif qiladi. Ta’lim to‘plamlari bog‘cha yoshidagi bolalardan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarigacha mo‘ljallangan. Artec’ning asosiy ustunligi faqat o‘quv materiallarini emas, balki o‘quv dasturlari va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ham taklif qila olishidir. Kompaniya mahsulotlari bugungi kunga qadar dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlariga yetkazib berilgan. Ta’lim boshqaruvi organlari, maktablar va boshqa ta’lim muassasalari vakillari ushbu yechimlarga alohida e’tibor qaratishlari mumkin.
Ko‘rgazmada Noritsu Isu kompaniyasi ham ishtirok etadi. Kompaniya IT kompaniyalari uchun ofis kreslolarini taklif etadi. Muhim jihati shundaki, yapon sifat standartlariga mos ofis kreslolari O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqariladi. IT kompaniyalari va universitetlar uchun yuqori sifatli ofis mebellaridan foydalanish xodimlar va talabalar motivatsiyasini oshirishga yordam berishi mumkin.
2025-yilda ICT Week doirasida JETRO tomonidan tashkil etilgan seminar ko‘plab tashrif buyuruvchilarni jalb qildi.

ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi Yaponiya pavilonida tashrif buyuruvchilar ushbu yapon kompaniyalari bilan bevosita biznes uchrashuvlari o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, 22-sentabr kuni soat 14:00 da ko‘rgazma maydonida maxsus seminar tashkil etiladi.
Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalari bilan hamkorlik va biznes muloqotlari uchun yaratilgan ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerak.
Sana: 22−25 sentabr. Manzil: CAEx, Toshkent.
JETRO haqida
JETRO (Japan External Trade Organization) Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi tasarrufidagi davlat tashkiloti bo‘lib, yapon va xorijiy kompaniyalar o‘rtasidagi biznes hamda investitsiya aloqalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
JETRO 2000-yilda Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochgan. Shundan buyon tashkilot O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari bilan Yaponiya o‘rtasidagi biznes aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Sayt: jetro.go.jp
Reklama huquqlari asosida.