Buxorolik hunarmand ayollar uchun bepul malaka oshirish kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha IT va raqamlashtirish orqali tadbirkor ayollarning ishbilarmonlik salohiyatini kuchaytirishga hamda ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Unga ko‘ra, kurslar ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, birinchi bosqich davomida 150 nafar tadbirkor ayollar axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘qitiladi.

Birinchi bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan 90 nafar ishtirokchi esa elektron tijorat va raqamli marketingda IT-vositalari bo‘yicha malaka oshirishning ikkinchi bosqichiga qabul qilinadi.

O‘quv kurslarida ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ariza topshirish kerak.

Arizalar joriy yilning 21-noyabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, Qashqadaryoda o‘tkaziladigan Istiqbolli IT-loyihalar tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.