“Google” texnik dastur menejerlari uchun 2023-yilgi yozgi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda kompyuter bilimlari yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar va bitiruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar o‘z rezyumesida sohaga oid tajribasi bilan birga kodlash tillaridagi malakasi haqida ko‘rsatishlari, ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatlarini ham ilova qilishlari so‘ralgan.

Bunda, ingliz tiliga aniq talablar keltirilmagan, biroq, tilni muloqot darajasida bilish talab etiladi.

Shuningdek, asosiy talablardan — bir yoki bir nechta umumiy maqsadli dasturlash tillari, jumladan Java, C/C++, Go yoki Python bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish zarur.

Nomzodlarning quyidagi jihatlariga ham e’tibor beriladi:

  • kod yozish va ochiq kodli loyihalarga hissa qo‘shish tajribasi;
  • analitik va yechimga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash qobiliyati;
  • yozma va og‘zaki muloqot, muammolarni hal qilish va hamkorlik qobiliyatlari.

Hozirda AQShda o‘qiyotgan talabalar ustunlikka ega bo‘lib, ular o‘qish vaqtidan tashqari kamida 12 hafta davomida to‘liq vaqtda ishlashlari mumkin.

Arizalar 2023-yilning 27-yanvarigacha havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Shuningdek, hozir AQShning “Global UGRAD” hamda “RIPS” dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda.