15−16-dekabr kunlari Samarqandda yoshlar uchun “Ideathon” boʻlib oʻtadi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

“Ideathon” tanlovida ishtirokchilar muayyan muammoni hal qiladigan g‘oyani o‘ylab topishi va uni minimal hayotiy mahsulotga aylantirishi kerak.

Tanlovda 16 va undan katta yoshdagi ishtirokchilar quyidagi yo’nalishlar boʻyicha ishtirok etishi mumkin:

  • sun’iy intellekt;
  • tibbiyot;
  • energiya;
  • qishloq va suv xo‘jaligi;
  • qurilish;
  • ta’lim;
  • elektron hukumat;
  • fintech;
  • e-commerce.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar, sertifikatlar va startap g‘oyalarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘ladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 9-dekabrgacha havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.


Avvalroq “Spot” “AloqaTech Lab” dasturining ikkinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.