“Twitter” iOS va Android uchun ijtimoiy tarmoq ilovasida postlarni ko‘rish hisoblagichi ishga tushirilganini e’lon qildi.

“Tez orada funksiya “Twitter"ning ish stoli versiyasida ham paydo bo‘ladi. Ko‘rishlar soni sharhlar, retvitlar va yoqtirishlar soni yonida ko‘rsatiladi”, — deyiladi xabarda.

“Twitter ko‘rishlar sonini ishga tushirmoqda, shunda siz tvit necha marta ko‘rilganini ko‘rishingiz mumkin”, — deb yozdi Ilon Mask o‘zining Twitter akkauntida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Twitter foydalanuvchilarining 90%i postlarni o‘qiydi, lekin yozmaydi, javob bermaydi yoki yoqtirmaydi, chunki bu ommaviy harakatlardir”.

Bu xususiyat foydalanuchilarga tvitni qancha odam ko‘rganini bilish imkonini beradi, biroq bir nechta istisnolar mavjud.

Masalan, “Twitter Circle” postlari (cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun tvitlar) va funksiya joriy etilishidan oldin qilingan tvitlar uchun ko‘rishlar soni ma’lumotlari mavjud bo‘lmaydi.

“Twitter” har bir ko‘rishni hisobga oladi, uni kim yoki qayerda ko‘rishidan qat’i nazar. Misol uchun, agar foydalanuvchi avval shaxsiy kompyuter orqali, keyin esa telefondagi ilovada tvitni ko‘rsa, u ikkita alohida ko‘rinish sifatida hisoblanadi.

Shuningdek, obunachilarning ham, obuna bo‘lmaganlarning ham fikrlari, hatto muallifning o‘zi tomonidan tvitlarga qarashlari ham hisobga olinadi.

Ilgari “Twitter"dagi postning ko‘rishlar sonini akkaunt tahlilida bilib olish mumkin edi, ammo bu faqat profil egasiga tegishli edi. Endi boshqa odamlarning tvitlarini ko‘rishlar soni ko‘rish mumkin.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask “Twitter” bosh direktorligidan ketishi, hozir tadbirkor yangi bosh direktor lavozimi uchun nomzod qidirayotgani haqida yozgandi.