“Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi tomonidan “Sarguzasht turizmi. Xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Talablar” davlat standarti ishlab chiqildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu standart sarguzasht turizmi faoliyati provayderlari uchun xavfsizlikni boshqarish tizimining talablarini belgilaydi.

Provayder mazkur standartdan quyidagilar uchun foydalanishi mumkin:

  • xavfsizlik samaradorligini oshirish;
  • ishtirokchilar va xodimlar xavfsizligiga nisbatan kutilmalarni oqlash;
  • xavfsiz amaliyotni ko‘rsatish;
  • amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini qo‘llab-quvvatlash.

U geografik, madaniy va ijtimoiy muhitda ishlaydigan barcha turdagi va o‘lchamdagi provayderlar tomonidan qo‘llanilishi mumkin.

Davlat standarti joriy yilning 18-aprelidan joriy etiladi.

Avvalroq, turizm xizmatlari sifatini baholash uchun onlayn so‘rovnoma yo‘lga qo‘yilgandi. U orqali sayyohlar mehmonxona va boshqa muassasalardagi xizmat bo‘yicha shikoyatlarini yuborishlari mumkin.

Shuningdek,"Spot" soha mutaxassislari bilan 2022-yil turizmning qaysi yo‘nalishlari ko‘proq ommalashgani, mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sifati qanday o‘zgargani va kelgusi yilda nimalar kutilayotgani haqida suhbatlashgandi.


Avvalroq, turizm, moliyaviy texnologiyalar va ko‘ngilochar sohalarda faoliyat yurituvchi “Dyninno” kompaniyalar guruhi Toshkentda o‘z filialini ochgandi.