Chexiyaning Charlz universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unga butun dunyodan bakalavr, magistratura va PhD uchun nomzodlar ariza jo‘natishlari mumkin.

Grant uchun arizada moliyaviy yordamga bo‘lgan ehtiyojlarni bayon qilish zarur. Ariza uchun kerak bo‘ladigan ilova shakli bu yerda.

Shuningdek, arizada Charlz universitetida o‘qishdan kutilayotgan natijalar haqida 1000 so‘zdan iborat motivatsion xat hamda ikkita tavsiyanoma jo‘natish kerak.

Barcha taqdim etilgan hujjatlar ingliz tilida yozilgan yoki tasdiqlangan tarjimalari bilan birga bo‘lishi zarur.

Grantga da’vogarlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda, stipendiyalarni ko‘rib chiqish kengashi nomzodlarning oldingi o‘qishlari natijalarini hisobga oladi.

Qabul qilingan talabalarga yashash xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan 3 000 yevro miqdorida bir martalik stipendiya ajratiladi.

Shuningdek, grant har yili qayta baholanadi va talabalar keyingi o‘quv yil uchun qayta hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Arizalarni joriy yilning 30-apreligacha havola orqali jo‘natish mumkin. Ariza to‘lovi qariyb 35 yevroni tashkil etadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, Janubiy Koreya instituti grant dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Unda butun dunyodan magistratura va PhD darajasi uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin.