Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Bolgariyada quyoshli panellarni o‘rnatishda ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda.

Ish turi quyidagicha:

  • avtomexanik;
  • elektrik;
  • elektr-texnika muhandisi;
  • mexanik;
  • montajchi;
  • duradgor (tokar);
  • ekskavator haydovchisi;
  • buldozer haydovchisi.

Nomzodlar 18−45 yosh oralig‘ida bo‘lishi, rus tilini bilishi, qurilish ishlarida tajribaga ega bo‘lishi hamda sudlanmagan bo‘lishlari kerak.

Ish haftasiga 40 soatni tashkil etadi hamda qo‘shimcha ishlangan har bir soat uchun 1,5 yevrodan to‘lanadi.

Oylik maosh esa 800 yevrodan boshlanib, ishchilar 6 oylik sinov muddati bilan qabul qilinadi.

Quyidagi xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanishi belgiliangan:

  • aviachipta;
  • Bolgariyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
  • yotoqxona;
  • tibbiy sug‘urta.

Nomzodlar agentlik to‘lovi (davlat boji) hamda viza xarajatlari uchun mablag‘ to‘lashadi.

Ishlash istagidagi nomzodlar 17-mart kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Batafsil ma’lumotni 71 202−33−55 yoki 1282 qisqa raqamidan olish mumkin.


Avvalroq, Germaniyada ishlash istagidagi o‘zbekistonliklardan “Ausbildung” dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.