“Twitter” bosh direktori Ilon Mask o‘z sahifasida foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish boshlanganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 12 oy ichida foydalanuvchilar obunachilardan to‘lov tizimlari komissiyasini olib tashlagan holda pul mablaglarini oladilar.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, sozlamalardagi “Monetizatsiya” tugmasini bosish orqali foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqdagi istalgan materialiga obuna bo‘lishni taklif qilishi mumkin.

“Biz ham sizning ishingizni targib qilishda yordam beramiz. Maqsadimiz mualliflarning farovonligini oshirishdir”, — deya yozgan Mask.

Monetizatsiyada iOS va Android platformalari har biri 30% komissiya undiriladi. Birinchi yildan keyin bu komissiya 15%gacha tushadi. Keyinchalik “Twitter” ham o‘z komissiyasini qo‘shadi.

“Twitter” kontentini monetizatsiya qilish 2022-yil noyabr oyi boshida, Mask boshqaruvni qoʻlga kiritgandan soʻng eʼlon qilingandi.

Joriy yil fevral oyi boshida u “Twitter"ning reklamadan tushgan daromadini kontent yaratuvchilar bilan bo‘lishishga va’da bergandi.