25-iyul kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha Sergeli tumanining ba’zi joylarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta'minot"ning matbuot xizmati xabar berdi.

“Xonobodtepa” MFYning Beshko‘prik, Xonobodtepa ko‘chalaridagi 180 ta xonadon hamda 2 ta ulgurji iste’molchilarda, “Sultonobod” MFYning Do‘stlik, Qorasuv ko‘chalaridagi 205 ta xonadon hamda 205 ta ulgurji iste’molchilarda gaz o‘chiriladi.

Shuningdek, “Nomdanak” MFYning Fayzli, Ziyokor 2-tor, Ziyokor ko‘chalaridagi 284 ta xonadonda ham gaz ta’minoti bo‘lmaydi.

Bunga ayrim ko‘chalarda ta’mirlash ishlari olib borilishi sababligi ko‘rsatilgan hamda gaz ta’minoti filiali yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.

Avvalroq 25-iyul kuni Olmazor tumanining ayrim mahallalarida gaz o‘chirilishi haqida xabar berilgandi.