Qoraqalpog‘istonda o‘tkaziladigan inkubatsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislar va taniqli tadbirkorlarning treninglari va konsultatsiyalari orqali loyihalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.

Dastur davomida startapni takomillashtirish va uni bozorga chiqishga tayyorlashga yordam beriladi.

Inkubatsiya dasturi quyidagilarni taqdim etadi:

  • mentorlar yordami
  • tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislardan seminarlar;
  • tanlovlar;
  • networking;
  • investorlarni jalb qilish uchun taqdimotga tayyorgarlik;
  • loyihalarni taqdim etish orqali investitsiyalarni jalb qilish.

Dasturda ishtirok etish bepul bo‘lib, ikki oy davom etadi hamda innovatsion g‘oyalarga ega barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Arizalarni joriy yilning 27-avgustigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Software Wizards” kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan “QA Engineering” kursiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.