23-noyabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Yashnobod tumani — “Bahor”, “Arg‘in”, “Tovkenttepa” hamda “Mirishkor” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha;
- Bektemir tumani — “Mirishkor” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Iyun oyidan buyon “Hududiy elektr tarmoqlari” avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.
22-noyabr kuni mazkur tumanlarning ayrim hududlaridagi iste’molchilarga elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha o‘chirilgandi.
Shavkat Mirziyoyev shu kuni “O‘zbekneftgaz” kompaniyasida bo‘lib, energetika tizimining qish mavsumiga tayyorgarligi bilan tanishdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ajratilgan mablag‘ evaziga joriy yilda qilingan ishlar va yaratilgan zaxira, kunlik iste’mol va uni ta’minlash mo‘ljallari to‘g‘risida axborot berdi. Tizim 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tadi.