Britaniya Kengashi (British Council) xotin-qizlar uchun “Woman in STEM” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda o‘zbekistonlik nomzodlar ham Buyuk Britaniya universitetlaridan birida magistratura bosqichida tahsil olish uchun ishtirok etishlari mumkin.

Dastur STEM — fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohasida tajribaga ega, moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan.

Boshqa davlatlar, xususan, akademik tadqiqot stipendiyalariga ariza topshirish haqidagi ma’lumotlarni dasturning global sahifasidan olish mumkin.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • 2023−2024 o‘quv yilida tahsil olish imkoniga ega bo‘lish;
  • moliyaviy yordamga muhtoj;
  • bakalavriat darajasiga ega bo‘lish;
  • ingliz tilini bilish;
  • ish tajribasi yoki o‘z faniga bo‘lgan isbotlangan qiziqishga ega bo‘lish.

Shuningdek, ta’lim dasturiga nisbatan ishtiyoqqa ega va Britaniya Kengashi stipendiyasi bitiruvchisi sifatida muayyan jarayonlarda ishtirok etishga tayyor bo‘lishiga ham qaraladi.

Qabul qilingan xotin-qizlar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, oylik stipendiya bilan ta’minlanadi. Mamlakatga borish, viza va tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplab beriladi.

Shu bilan birga, onalar uchun maxsus yordam taqdim etiladi, ingliz tilidan esa IELTS imtihoni xarajatlari qoplab beriladi (faqat qabul qilingan talabalar uchun).

Ariza topshirish jarayoni

Arizalar bevosita ishtirokchi universitetlarga topshirilishi lozim. Nomzodlar bittadan ortiq ariza jo‘natishlari mumkin.

Magistratura bosqichi stipendiyalari uchun ariza topshirishning oxirgi muddati OTMga qarab farq qilishi mumkin. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun ariza topshirish muddatlarini tanlangan oliy ta’lim muassasasidan tekshirish zarur.

Ariza topshirishdan oldin barcha muvofiqlik talablari bilan to‘liq tanishib, muvofiqlikka ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. Ariza holati haqida tegishli universitetdan bilib olish mumkin.

O‘zbekistonlik nomzodlar uchun quyidagi universitetlardan kurslar taklif etiladi:

Berilgan havolalar orqali har bir universitet bilan batafsil tanishib chiqish mumkin. Ular taklif etayotgan yo‘nalishlar haqida esa bu yerda ma’lumot mavjud.

Stipendiya dasturi bo‘yicha savollarga WomenInStem.Scholarships@britishcouncil.org elektron pochta manzili orqali Britaniya Kengashidan javob olish mumkin.

Dasturga arizalarni joriy yilning 30-apreligacha jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar:


Avvalroq USAID tadbirkorlar uchun grant dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda kichik va o‘rta biznes vakillari, maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchilar hamda NNTlar ishtirok etishlari mumkin.