O‘zbekiston transport sohasini raqamlashtirish yo‘nalishida Qirg‘iziston bilan hamkorlikni rivojlantiradi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalari vaziri o‘rinbosari Bekjan Rismendeyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasini raqamlashtirish yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish va bu borada tajriba almashishni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

Jumladan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida xalqaro tajribada ilk marotaba O‘zbekiston tomonidan amaliyotga joriy etilgan “ePermit” tizimini ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.

Har ikki tomon vakillari davlatlar o‘rtasida transport va tranzit tartib-qoidalarini osonlashtirishga, shu jumladan, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali yengillashtirishga qaratilgan loyihalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.


Avvalroq “Spot” Qozog‘iston O‘zbekistonga E-permit tizimini ishga tushirishni taklif qilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek, chegara hududlarida mamlakatlar uran qidirish, qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanishlari mumkin.