Birinchi chorakda Qozog‘iston O‘zbekistonga 75 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berdi. Bu haqda “KazTransOil” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan aprel oyida ushbu yo‘nalish bo‘ylab neft tranziti hajmi 50 ming tonnani tashkil etadi.

Joriy yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini “KazTransOil” kompaniyasining magistral neft quvurlari orqali 550 ming tonnagacha yetkazish rejalashtirilgan.

2024-yilda O‘zbekiston Qozog‘iston hududidan tranzit orqali o‘tadigan Rossiya neftining importini uch barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.

Magistral neft quvurining Qozog‘iston milliy operatori Rossiya neftini O‘zbekistonga importini uch barobardan ko‘proqqa — yiliga 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha oshirish istagi borligini ma’lum qildi.

“O‘zbekistonning “Sanoat Energetika Guruhi” (Saneg) kompaniyasi “Kaztransoil"ga 2024-yil uchun 500 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilishni 1 mln tonnaga oshirish imkoniyatini taqdim etish uchun ariza topshirdi”, — dedi “Kaztransoil” transport departamenti direktori Abay Beysembayev.

Uning ta’kidlashicha, kelasi yilda Rossiya neftining Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranziti 500 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

Avvalroq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Rossiyadan neft va neft mahsulotlari importini kengaytirishga tayyorligini ta’kidlagandi.

Noyabr oyi boshida O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘iston bilan 2024-yilda neft yetkazib berish hajmini 1 mln tonnaga oshirish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma tuzdi.

Avvalroq yil oxirigacha O‘zbekistonga 370 ming tonnadan ortiq benzin import qilinishi haqida xabar berilgandi.