Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
9−11-may — shanba, yakshanba va dushanba kunlari bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Agrobank;
- Asakabank;
- APEX BANK;
- Asia Alliance Bank;
- Aloqabank;
- Anorbank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Garantbank;
- Hayot bank;
- Hamkorbank;
- Ipoteka-bank;
- InfinBank;
- Ipak Yuli Bank;
- Mikrokreditbank;
- Poytaxt bank;
- Tenge bank;
- Trastbank;
- Turon bank;
- Universalbank;
- Xalq banki;
- Orient Finans bank;
- O‘zmilliybank;
- O‘zsanoatqurilishbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Ma‘lumot uchun, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 9−11-may kunlari ketma-ket 3 kun dam oladi, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa 9−10-may dam olish kunlari bo‘ladi.
Spot, avvalroq, Ozarbayjonning ABB banki Davr Bank‘ning 51% ulushini sotib olishi haqida yozgandi.